O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarini
Sanitariya-gigiena laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4790-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
- Nizom Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarini (Keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadigan Sanitariya-gigiena laboratoriyasining (Keyingi o‘rinlarda – Laboratoriya) faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va ish yuritish tartiblarini tartibga soladi va belgilaydi.
- Laboratoriya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Laboratoriya mudiri Bo‘lim boshlig‘i hamda sanitariya bo‘limi mudiriga bo‘ysunadi.
- Laboratoriya faoliyatining umumiy nazorati laboratoriya mudiri tomonidan olib boriladi.
- Laboratoriya faoliyatini Bo‘limning operativ tarkibiy bo‘linmalari, Xizmatning markaziy apparati, Boshqarma, Sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, oliy o‘quv yurtlari, “Uzstandart” agentligi hamda sohaga tegishli idoraviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.
- Laboratoriya xodimlari shtat birliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shatat me’yorlari asosida tasdiqlanadi.
- Laboratoriyaga oliy tibbiy ma’lumotiga ega “Tibbiyprofilaktika ishi” (5510300), o‘rta tibbiy ma’lumotga ega “Laboratoriya 9 ishi” (03.03.03), shuningdek tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan “Kimyo” (5140500) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar ishga qabul qilinadi.
- Laboratoriya xodimlari o‘z ish faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari asosida olib boradilar.
2-bob. Laboratoriyaning vazifalari
- Laboratoriyani aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: oziq-ovqat mahsulotlari, halq iste’mol mollari, qurilish mollari, atrof-muhit omillari va boshqalarda sanitariya-gigienik (kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy) tahlillar (sinovlar) olib borish va tahlil usullarini takomillashtirib borish; laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlab borish; laboratoriyada qo‘llaniladigan me’yoriy-texnik hujjatlarni takomillashtirib borish.
3-bob. Laboratoriya ish mazmun-mohiyati
- Tahlillar (sinovlar), o‘lchov usullarini xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yoriy loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish.
- Laboratoriya faoliyati va moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilib borish.
- Laboratoriya faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tahlil qilib borish, ish faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
- Laboratoriya faoliyatidagi tahlillar (sinovlar), o‘lchovlarning zamonaviy usullarini tadbiq etishda “Uzstandart” agentligining hududiy bo‘limi hamda Boshqarmaning sanitariya-gigiena laboratoriyasi hamda metrologiya va standartlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda faoliyat yuritish.
- Laboratoriyani attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish.
- Sanitariya-gigiena laboratoriyasida tahlillar (sinovlar), o‘lchovlar o‘tkazilishida tashqi va ichki nazoratni olib borish.
- Sanitariya-gigiena laboratoriya faoliyatidagi zamonaviy tahlillar (sinovlar), o‘lchovlarni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish.
- O‘z vaqtida sanitariya-gigiena bo‘limi va bo‘linmalarini sifatli, ishonchli tahlil (sinovlar), o‘lchov natijalari ma’lumotlari bilan ta’minlash.
- Oziq-ovqat mahsulotlari, halq iste’mol mollari, qurilish polimer va moddiylari, atir-upa mahsulotlari, atrof-muhit omillari va boshqalarda qo‘llanmalar, usullar, tahlillarni takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
- Laboratoriya mutaxassislarini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda boshqarmaning 10 sanitariya-gigiena laboratoriyasi bazasida ish joyida stajirovka o‘tashi hamda tibbiyot institutlari bazasida tayyorlash, qayta tayyorlash, mutaxassislikka o‘qishlarini tashkillashtirish.
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari asosida sanitariyagigiena laboratoriyasida o‘tkaziladigan tahlillar (sinovlar), o‘lchovlar pullik xizmatni tashkil etish va bajarish.
4-bob. Laboratoriyaning huquqlari
- Barcha xodimlar O‘zbekiston Respublikasining “Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan huquqlarga ega.
- Laboratoriya xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mehnatni muhofaza qilish qoidalaridan foydalanish.
- Sanitariya-gigiena laboratoriyalarini faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
- Laboratoriyaga yuklatilgan vazifalar va topshiriqlarni bajarish uchun quyi bo‘limning sanitariya-gigiena laboratoriyasi hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalardan ma’lumotlarni so‘rash va olish.
5-bob. Laboratoriyaning majburiyatlari
- Jismoniy va yuridik shaxslarning aholini sanitariyaepidemiologik osoyishtaligi bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlar belgilash.
- Aholini o‘z vaqtida mavjud xavf to‘g‘risida xabardor qilish.
- Bo‘lim talablari va ichki mehnat intizomiga rioya qilish.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Laboratoriya bo‘lim tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi, uni tugatish yoki qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi