Vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va boshqarish bo‘yicha seminar

Qashqadaryo viloyatida YUNISEF eksperti Nuriddin Kadirov ishtirokida vaksinalarni to‘g‘ri saqlash, tashish va sovutkich uskunalarini xaritalash masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

📌 Seminarda immunizatsiya ishlari uchun mas’ul mutaxassislar, shahar/tuman epidemiolog vrachlar hamda vaksina saqlash omborxona mudirlari ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad viloyatda vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va samarali boshqarish tizimini yanada takomillashtirishdir.

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.