O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarga gumon qilinsangiz, darhol shifokorga murojaat eting.
‼️ Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
🟢Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yoting va shifokorni uyga chaqiring;
🟢 kasallikni oyoqda o‘tkazmang;
🟢 shifokor maslahati va tavsiyalari asosida ish tuting;
🟢agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilishi lozim;
🟢 bemorga qarayotganlar burun va og‘izini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishi va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turishga e’tibor qarating;
🟢 bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlarini amalga oshiring;
🟢 ko‘proq suyuqlik – quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini iching hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qiling;
🟢 kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxona, o‘qish, kinoteatlar, konsert zallari, yig‘ilishlar, mehmonga) bormang;
🟢 yo‘talganda va aksirganda og‘iz-burunni ro‘molcha bilan yoping.
‼️O‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmang!
⚡️Sanepidqo`mita Axborot xizmati