O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi xizmatining Jamoatchilik bilan
aloqalar bo‘limi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4790-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
- Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining (Keyingi o‘rinlarda – Sanitariya-epidemiologiya xizmati) jamotchilik bilan aloqalar bo‘limining (Keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini, javobgarligini, faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi.
- Bo‘lim Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparatining tarkibiy qismi hisoblanib, Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘iga bo‘ysunadi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatini Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Virusologiya ilmiytadqiqot instituti, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, L.M.Isaev nomidagi filiali, OITSga qarshi kurash markazlari, Respublika o‘lat profilaktika markazi, Fuqaro aviatsiyasi ob’ektlari ustidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Dezinfeksiya stansiyalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
- Bo‘lim xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari, Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.
- Bo‘limdagi (bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis) lavozimlarda tibbiyot oliygohlarining “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan sanitariya-epidemiologiya vrach mutaxassisligiga ega bo‘lgan vrachlar va oliy o‘quv yurtlarining jurnalistika fakultetini tamomlagan jurnalistlar faoliyat yuritadi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari
- Bo‘lim faoliyatini mazkur nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda tashkil etiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, AOKA, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
- Bo‘lim faoliyatining turli xil yo‘nalishlari bo‘yicha istiqboldagi ish rejalarini ishlab chiqadi.
- Rahbariyat tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
- Keng jamoatchilikni Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
- Ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda – OAV) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini kengaytirish, tegishli axborotlarni (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatadi.
- Sanitariya-epidemiologiya xizmatining rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda axborotlarni, shuningdek tezkor axborotlarni joylashtirib, o‘z vaqtida yangilab boradi.
- Sanitariya-epidemiologiya xizmatining bo‘limlari bilan birgalikda OAVda tarqatish uchun ma’lumotlar, sharhlar va tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
- Sanitariya-epidemiologiya hizmatiga tegishli tashkilotlarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida olib borayotgan faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boradi.
- Sanitariya-epidemiologiya hizmatining rasmiy internet-saytiga joylashtirish uchun materiallar tayyorlash va ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilab turish.
3-bob. Bo‘limning funksiyalari
- Ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali respublika aholisi salomatligini muhofaza qilish, mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkillashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tibbiy madaniyatni oshirish borasida olib borilayotgan tadbirlarni yoritib boradi. 3
- Ommaviy axborot vositalari orqali sanitariya, gigiena, sog‘lom turmush tarzi, yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarni yoritib boradi.
- Aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta’minlash borasida turli tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilgan konferensiyalar, simpoziumlar, s’ezdlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni yoritib boradi.
- Matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyu va fuqarolar, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishini tashkil etadi.
- Ilmiy-ommabop maqolalar, bukletlar, plakatlar, eslatmalar, varaqalar tayyorlaydi.
- Aholiga gigienik bilimlarni yetkazishda tizimdagi quyi tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
4-bob. Bo‘lim xodimlarining huquqlari
- Bo‘limning barcha xodimlari O‘zbekiston Respublikasining “Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va mehnat kodeksida ko‘rsatilgan barcha huquqlarga ega.
- Bo‘lim o‘z faoliyatini yaxshilash maqsadida takliflar kiritish.
- Sanitariya-epidemiologiya xizmatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish.
- Sanitariya-epidemiologiya xizmatining barcha majlis, yig‘ilish va boshqa tadbirlarida qatnashish.
- Operativ masalalarni hal etishda boshqa boshqarma va bo‘lim xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishni to‘g‘ri tashkil etish.
- Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;
- Sanitariya-epidemiologiya xizmati raxbarining topshirig‘iga ko‘ra, boshqa vazirlik va idoralar tomonidan tashkil etilgan respublika hamda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda bo‘lim vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmati nomidan vakillik qilish.
- Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa huquqlarga ham ega.
5-bob. Bo‘lim xodimlarining majburiyatlari
- Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga javobgar hisoblanadi.
- Ish faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish hamda yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajaradi.
- Ushbu nizomda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida tashkil etadi. 4
6-bob. Bo‘limning vakolatlari
- Bo‘lim mudiri tizimli ravishda bo‘lim faoliyati bo‘yicha Sanitariyaepidemiologiya xizmati boshlig‘iga hisobot berib boradi.
- Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tarkibiga kiruvchi quyi tizim bo‘linmalari zimmalariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati yuzasidan muntazam nazorat olib boradi, ularning faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
- Bo‘lim qonunda belgilangan hujjatlar asosida qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
- Ushbu Nizom talablarini buzgan xodimlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.