«Bunday vaktsinalar xotin-qizlarning sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlaydi,» — deydi tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlim boshligʻi O.Pinnaev.
Dunyoning 102 mamlakatida milliy emlash dasturiga 9 yoshdan boshlab qizlarni emlash kiritilgan. Oʻzbekiston ham 2019 yildan ana shu davlatlar safiga qoʻshildi.
Ayni paytda tumanda 9 yoshli qizlar oʻrtasida emlash jarayoni oʻtkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oraligʻida vaktsinadan soʻng immunitet eng kuchli shakllanadi. Buning uchun joylarga ehtiyojga koʻra, 1895 doza OPV vaktsina va shpritslari yetkazib berildi. Tumanda emlash amalga oshirilmoqda.