Alomatlari
✔️ Tanglayda qizil dogʻlar.
✔️ Terida toshma va pigmentatsiya.
✔️ Tana harorati koʻtariladi.
✔️ Ishtahaning pasayishi.
✔️ Konyunktivit.
✔️ Tumov.
✔️ Holsizlik.
Yana bir muhim diagnostik belgi – toshma paydo bo’lishidan oldin o’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida paydo bo’lgan Filatov-Koplik dog’lari.
Qizamiqdan keyingi og’ir asoratlar
🔹 Qizamiq bilan kasallangan har 20 boladan 1 nafari pnevmoniya bilan kasallanadi.
🔸 Ensefalit. Qizamiq bilan kasallangan har 1000 boladan 1 nafarida ensefalit rivojlanadi, bu esa talvasaga olib keladi va bolani kar yoki aqliy zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
🔹 Oʻlim. Qizamiq bilan kasallangan har 1000 bolaning 1-3 nafari kasallik asorati boʻlmish zotiljamdan vafot etadi.
Qanday himoyalanish mumkin⁉️
– Qizamiqdan himoyalanishning yagona usuli – emlash. Milliy emlash kalendari asosida har bir ota-ona davolash profilaktika muassasalariga murojaat etib, farzandini 1 yoshda va 6 yoshda qizamiqqa qarshi emlatishi kerak.
⚡️Sanepidqo’mita Axborot xizmati