KUZ FASLIDA GRIPPGA CHALINMASLIK UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Kuz-qish mavsumida gripp va boshqa yuqumli respirator kasalliklar keng tarqalishi ehtimoli ortadi.

Sog‘ligingizni asrash uchun quyidagilarga amal qiling:

🔹 Qo‘lni muntazam sovun bilan yuving;

🔹 Bemorlar bilan yaqin muloqot qilmang;

🔹 Sovuq va shamoldan ehtiyot bo‘ling, issiq kiyinib yuring;

🔹 Xona va ish joylarini har kuni shamollating;

🔹 Mevalar, sabzavotlar va vitaminli oziq-ovqatlarni ko‘p iste’mol qiling;

🔹 Yetarlicha uxlang, stressdan saqlaning;

🔹 Eng muhimi — grippga qarshi vaksina oling. Bu kasallikning oldini olishning eng samarali usulidir. 💉

O‘z vaqtida profilaktika choralariga amal qilsangiz, Siz nafaqat o‘zingizni, balki yaqinlaringizni ham kasallikdan asraysiz.

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.